Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

AFP: Iroqdagi savdo markazida yong‘in: 77 kishi halok bo‘ldi

AFP: Iroqdagi savdo markazida yong‘in: 77 kishi halok bo‘ldi

Agentlik bu haqda Iroq Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, besh kun muqaddam Bag‘doddan 160 km janubi-sharqda joylashgan Al-Kut shahrida ochilgan kompleksdagi yong‘in chorshanba kuni kechqurun boshlangan, hozirga kelib o‘chirilgan. Ayni paytda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yong‘in vaqtida bino tomiga chiqib olgan odamlarni ko‘rish mumkin.

Savdo majmuasi joylashgan Vosit viloyatida qurbonlar xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi.

Kiritildi: 17:10 17.07.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!