Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

AFP: Yevroittifoqning 16 ta davlati mudofaa xarajatlarini oshirishni rejalashtirmoqda

AFP: Yevroittifoqning 16 ta davlati mudofaa xarajatlarini oshirishni rejalashtirmoqda

"Buning uchun Yevropa Ittifoqining Barqarorlik va O‘sish Pakti (Stability and Growth Pact) byudjet qoidalaridan istisno tarzida foydalanishni rejalashtirmoqda", deb xabar beradi Yevropa Kengashi.

Gap Paktdagi bir band haqida bormoqda, u davlatlarga to‘rt yil davomida mudofaa ehtiyojlari uchun YAIMning qo‘shimcha 1,5 foizigacha mablag‘ ajratishga ruxsat beradi va bu holatda YEI byudjet qoidalari cheklovlari hisobga olinmaydi.

Evropa Kengashi ma’lumotiga ko‘ra, bu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan davlatlar qatoriga Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Germaniya, Gresiya, Xorvatiya, Latviya, Litva, Vengriya, Polsha, Portugaliya, Sloveniya, Slovakiya va Finlyandiya kiradi.

"Bu imkoniyatdan foydalanishni davlatlarga Yevrokomissiya taklif qilgan. YEI qurollanish bo‘yicha rejalar ishlab chiqishiga Rossiyadan kelayotgan tahdid va AQSh tomonidan yordamning qisqarishi mumkinligi sabab bo‘lmoqda", deb yozadi AFP.

Kiritildi: 22:39 01.05.2025. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!