20 avgust kuni Mozori-Sharif shahri yaqinidagi temir yo‘l qo‘riqchilariga hujum uyushtirilishi oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik jarohatlangan, ikki nafar afg‘onistonlik halok bo‘lgan.
Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, hujum oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonlik – «So‘g‘diyona trans» korxonasining koordinasiya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Termiz shahridagi kasalxonaga yetkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, «So‘g‘diyona trans» korxonasi ishchi-xodimlarini ish joyiga olib ketish uchun kelgan mas’ullar Hayraton ishchilar yashash bazasidan chiqishganda hujumga uchragan.