Afg‘onistondagi Bagram aviabazasida portlash yuz berdi. Hodisa sababi hozircha noma’lum, ba’zi manbalar bu havo hujumi — raketa yoki dron zarbasi bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash “Tolibon” jangchilari bo‘lgan avtomobil baza darvozasidan o‘tayotganda sodir bo‘lgan.
Bundan bir necha soat oldin Donald Tramp Bagram aviabazasi AQSh nazoratiga o‘tmasligi holatda “yomon ishlar” bo‘lishidan ogohlantirgan edi. “Tolibon” esa bazani topshirishdan bosh tortgan.