Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Afg‘onistonda vazir va gubernator bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

A A A
Afg‘onistonda vazir va gubernator bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

Afg‘oniston kon va neft vaziri Hidayatulloh Badri va G‘or viloyati gubernatori Hayatulloh Muborak bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi.

Bu haqda Muborak matbuot kotibi Rasas Badriga tayanib, Pajhwok agentligi xabar berdi.

"Vertolyot G‘or viloyatining Tulak tumanidagi Nalbandan hududiga qulagan. Hech kim jabrlanmagan", — deyiladi maqolada.

Gubernator matbuot kotibining aytishicha, halokatga vertolyotning texnik nosozligi sabab bo‘lgan. Badrining qayd etishicha, vazir va gubernator voqea sodir bo‘lgan tumandagi qo‘rg‘oshin koniga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Maqolada Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Inoyatulloh Xorazmiyning ijtimoiy tarmoqlarda vertolyot parvoz vaqtida toqqa qulagani haqida yozgan ma’lumotlari ham keltiriladi.

Kiritildi: 09:10 11.09.2025. O'qildi: 1356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!