Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Afg‘onistonda universitet o‘qituvchilariga smartfon ishlatish taqiqlandi

A A A
Afg‘onistonda universitet o‘qituvchilariga smartfon ishlatish taqiqlandi

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati oliy ta’lim muassasalarida navbatdagi cheklovni joriy etdi. Unga ko‘ra, universitet o‘qituvchilari va to‘rtinchi darajadan past lavozimdagi xodimlarga ish vaqtida smartfon ishlatish taqiqlanadi. Bu haqda Afghanistan International nashri mamlakat Oliy ta’lim vazirligining rasmiy hujjatiga tayanib xabar berdi.

“Tolibon” rasmiylari telefondan foydalanish ishdan chalg‘itishini ta’kidlamoqda.

“Ilm ahli universitet ichida smartfondan foydalanish huquqiga ega emas”, – deyiladi “Tolibon” Oliy ta’lim vazirligining rasmiy bayonotida.

Shu sababli universitetlar va kollejlarda professor-o‘qituvchilar, shuningdek, to‘rtinchi darajadan past bo‘lgan ma’muriy xodimlarga ish vaqtida telefon olib kirish va undan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Bundan tashqari, to‘rtinchi darajadan yuqori lavozimdagilarga ham smartfonlardan foydalanishni asta-sekin kamaytirish tavsiya etilgan.

Kiritildi: 22:45 05.10.2025. O'qildi: 1127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!