Tolibon hukumati yo‘qotishlar haqidagi aniq raqamlarni hali e’lon qilgani yo‘q, chunki qutqaruvchilar zilziladan jabrlangan ayrim hududlarga yetib borish ustida ish olib borilmoqda. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Kunar viloyatida uchta qishloq butunlay vayron bo‘lgan, boshqa hududlarga katta zarar yetgan.