Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Afg‘onistonda mobil telefon va internet xizmati qisman tiklandi

Afg‘onistonda mobil telefon va internet xizmati qisman tiklandi

Afg‘onistonda mobil telefon va internet xizmati Tolibon tomonidan yopilganidan 48 soat o‘tib, qisman tiklandi.

Bu haqda France 24 telekanali xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, chorshanba kuni mamlakatning turli hududlarida, jumladan Kobul, Qandahor, Xost, G‘azni va Hirot viloyatlarida mobil aloqa xizmati va Wi-Fi qayta tiklangan.

Tolibon hukumati telekommunikasiya tarmog‘idagi keng miqyosdagi uzilish sabablari haqida hozircha izoh bermadi.

Dushanba oqshomida butun mamlakat bo‘ylab mobil telefon va internet xizmatlarida uzilishlar kuzatilib, aholi orasida keng tashvish uyg‘otdi.

Avvalroq Afg‘oniston OAVlari Afg‘oniston Islom Amirligi oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda “axloqsiz xatti-harakatlarning oldini olish” uchun bir qancha hududlarda simli internetni taqiqlashni buyurgani haqida xabar bergan edi. Rasmiylarning aytishicha, bu qaror davlat xizmatlari ishiga to‘sqinlik qilgan.

Kiritildi: 07:30 02.10.2025. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!