Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni zaharlashga urinishdi

 Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni zaharlashga urinishdi

Bu haqda Suriya inson huquqlari markazi (SOHR) xabar bermoqda.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezident yaqinda Rossiyadagi shifoxonada davolanib chiqqan, hozir uning ahvoli barqaror. Bashar Asad bilan faqat uning akasi va Suriya prezidenti apparatining sobiq bosh kotibi uchrashishiga ruxsat berilgan.

Xabarlarga ko‘ra, zaharlash hodisasi Rossiya hukumatiga qarshi provokasiya bo‘lishi mumkin. Uni amalga oshirganlar voqeada Moskvani ayblashni rejalashtirgan. Biroq Bashar Asadning zaharlangani yuzasidan rasmiy ma’lumotlar yo‘q.

2024 yil dekabrida Bashar Asad rejimi ag‘darilgan, sobiq prezident esa Rossiyaga qochib ketgandi. Kreml rasmiy ravishda unga “gumanitar maqsadda” siyosiy boshpana berganini bildirgan edi.

Kiritildi: Bugun 18:14. O'qildi: 1025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!