Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya ballistik raketalari Patriot havo mudofaa tizimidan o‘tishni o‘rgandi — Financial Times

Rossiya ballistik raketalari Patriot havo mudofaa tizimidan o‘tishni o‘rgandi — Financial Times

Gazetaning manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya 500 kilometrgacha masofaga zarba berishga qodir “Iskander-M” operativ-taktik raketa kompleksini va 480 kilometrgacha masofaga uchuvchi “Kinjal”aerobalistik raketalarini modernizasiya qilgan. "Rossiya raketalari avval oddiy trayektoriya bo‘ylab uchib, keyin keskin burilish yoki boshqa murakkab harakatlarni bajaradi, bu esa ularga Patriot tizimining raketa tutqichlaridan qochishga imkon beradi", deya yozmoqda nashr. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi oylar ichida Ukraina Rossiya ballistik raketalarini ancha kamroq tutib olishga muvaffaq bo‘lmoqda. Agar avgust oyida havo mudofaasi tizimlari 37 foiz raketalarni tutib olgan bo‘lsa, sentyabr oyida bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan. Ma’lumot uchun, Patriot Rossiya ballistik raketalarini yo‘q qila oladigan Ukraina Qurolli kuchlarida mavjud yagona havo mudofaa tizimi hisoblanadi.

Kiritildi: 15:10 02.10.2025. O'qildi: 936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!