Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Yana bir Xitoy mahsulotining O‘zbekistonga kirishiga taqiq qo‘yildi

Yana bir Xitoy mahsulotining O‘zbekistonga kirishiga taqiq qo‘yildi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahri, O‘rikzor bozorida sotilayotgan, Xitoyda ishlab chiqarilgan “Nawas” radiatori bo‘yicha nazorat xaridi amalga oshirildi.

O‘tkazilgan sinovlar natijasida ushbu radiator amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlandi. Alyuminiy radiatorning suvga tegib turadigan devorining qalinligi me’yor bo‘yicha kamida 1,5 mm bo‘lishi kerakligi belgilangan bo‘lsa-da, amalda 1,42 mm ekani aniqlangan.

Shuningdek, isitish asboblari ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan maksimal ishchi bosimdan kamida 2,5 baravar yuqori bosimda statik mustahkamlikka sinovdan o‘tkazilganda, “Nawas” radiatori talabga javob bermadi. Me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, namunalar 4,5 MPa (45,6 kgf/sm²) bosimga chidamli bo‘lishi kerak, biroq 4,0 MPa (40,3 kgf/sm²) bosimda sinov paytida radiator yuzasida yorilish kuzatildi.

Shu sababli, mazkur mahsulotning O‘zbekiston hududiga kirishiga taqiq qo‘yildi.

Hurmatli iste’molchilar! Agar savdo tarmog‘ida sifatsiz mahsulotga duch kelsangiz, 1880 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Kiritildi: 11:15 02.10.2025. O'qildi: 912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!