Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Afg‘onistonda juma namozidagi portlash bo‘yicha O‘zbekiston munosabat bildirdi

A A A
Afg‘onistonda juma namozidagi portlash bo‘yicha O‘zbekiston munosabat bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda, Qunduzdagi masjidning portlatilishi yuzasidan munosabat bildirdi.

"O‘zbekiston shu yilning 8 oktyabrida Afg‘onistonning Qunduz shahrida juma namozi paytida ko‘plab qurbonlarni keltirib chiqargan terrorchilik harakatini keskin qoralaydi.

Bunday zo‘ravon harakatlar Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik va milliy kelishuvni o‘rnatishga to‘sqinlik qiladi.

O‘zbekiston hukumati ushbu g‘ayriinsoniy hujumda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga chuqur hamdardlik va ta’ziya izhor yetadi".

Kiritildi: 15:33 09.10.2021. O'qildi: 2898 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!