Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan «Tolibon» radikal harakati (Rossiyada taqiqlangan tashkilot) va Pokiston chegara qo‘shinlari o‘rtasida ikki davlat o‘rtasidagi bahsli chegara hududida janglar qayta boshlandi. Bu haqda Afg‘onistonning TOLOnews telekanali manbasiga tayanib xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, to‘qnashuvlar Afg‘oniston sharqida joylashgan Xost viloyati chegarasi yaqinida mahalliy vaqt bilan taxminan 16:00da boshlangan. Manbaning aytishicha, janglarga og‘ir qurollar jalb qilingan.