Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Afg‘oniston va Hindiston o‘rtasidagi muzokaralar: Suqutdan so‘ng ilk rasmiy tashrif

Afg‘oniston va Hindiston o‘rtasidagi muzokaralar: Suqutdan so‘ng ilk rasmiy tashrif

2021 yilda «Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng, mamlakat xalqaro maydondagi diplomatik aloqalardan cheklanib qolgan edi. Ammo 2025 yil oktyabr oyida bu izolyasiyani yumshatishga qaratilgan muhim qadam amalga oshdi.

Afg‘onistonning vaqtinchalik tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttakiy Nyu-Dehliga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Bu – «Tolibon» hokimiyatga kelganidan so‘ng yirik davlatga amalga oshirilayotgan ilk rasmiy tashrif hisoblanadi. Safar 9–16 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu tashrif uchun BMT Xavfsizlik Kengashi maxsus ruxsat bergan.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Muttakiy Hindiston tashqi ishlar vaziri va boshqa rasmiylar bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo hamkorligi va mintaqaviy aloqalarni kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib boradi.

Ma’lumki, Hindiston 2021 yilda Kobuldagi elchixonasini yopgandi. Ammo 2022 yildan boshlab u yerda texnik jamoa ish boshladi va so‘nggi vaqtlarda Dehli «Tolibon» vaqtinchalik ma’muriyati bilan bevosita muloqotlarga kirisha boshladi.

2024 yil may oyida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar Muttakiy bilan ilk telefon suhbati o‘tkazdi. Fevral oyida esa vazir Vikram Misri boshchiligidagi delegasiya Dubayda toliblar rasmiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Oxirgi yillarda Kobulga ham hind delegasiyalari tashrif buyurib, rasmiy muzokaralar olib borgan.

2023 yilda Afg‘oniston va Hindiston o‘rtasidagi savdo hajmi 890 million dollarga yetgan, bu esa ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik seviyasi oshganini ko‘rsatadi.

Ushbu tashrif «Tolibon» hukumati uchun xalqaro munosabatlarda navbatdagi diplomatik ochilish sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 18:03 09.10.2025. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!