Afg‘oniston Rossiya bilan tabiiy gaz tranziti bo‘yicha strategik kelishuvga tayyorlanmoqda. Bu haqda Afg‘onistondagi Rossiya biznes markazi rahbari Rustam Xabibullin ma’lum qildi, deb xabar beradi "RIA Novosti".
Kelishuvga ko‘ra, Afg‘oniston hududi orqali Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga 50 million kub metr Rossiya gazini tranzit qilish rejalashtirilgan. Habibullinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashuvlar bo‘yicha eksperimental yetkazib berish allaqachon amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasida yiliga 50 million tonna neft mahsulotlari hamda 2 million tonna bug‘doy va uni tranzit qilish bo‘yicha ham kelishuv mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada terrorchilik tashkilotlar faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatishga oid qonun imzolangan bo‘lib, bu Tolibon harakatini o‘z ichiga oladi.