Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Afg‘oniston bozoridagi ayollar do‘konlari yopildi

Afg‘oniston bozoridagi ayollar do‘konlari yopildi

Afg‘onistonda “Tolibon” hukumati Daykundi provinsiyasining Nili shahrida joylashgan ikkita bozorda ayollarga tegishli do‘konlarni yopib qo‘ydi. Oqibatda 300 nafar ayol ishsiz qoldi. Bu haqda “Afghanistan International” xabar berdi.

Qayd etilishicha, do‘konlar erkaklar orasida faoliyat yuritayotgani sababli yopib qo‘yilgan. Do‘kon egalari norozilik bildirib, “Tolibon” gubernatori idorasiga borgan, biroq ular idorada haqoratli munosabatga duch kelgan.

Manbalarning ma’lum qilishicha, 11 noyabr kuni “Tolibon” hukumati Nili shahridagi ayollar do‘konlarini yopib, ularga: “Ishni shaharning chegarasidagi bog‘da davom ettirasizlar”, degan.
Mahalliy “Tolibon” rasmiylari ayollarga faoliyatni davom ettirish uchun 50 ming afg‘oniydan qimmat turadigan maxsus budka sotib olishlarini aytgan va ulardan hukumat ko‘rsatgan joyga ko‘chib o‘tishlarini talab qilgan.

Bu xarajat oilasini boqayotgan ko‘plab ayollar uchun juda og‘ir.
“Tolibon” harakati bunga qadar ham Nilining eski va yangi bozorlaridan ayollarni chiqarib yuborish bilan tahdid qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, allaqachon 60 nafar ayol tadbirkor “Tolibon” belgilagan boshqa joyga o‘tkazilgan.

“Do‘konlarimiz to‘rt kundan beri yopiq. Sababi — erkaklar orasida ishlashimizga ruxsat yo‘q”, degan do‘koni yopilgan ayollardan biri.
Ayollar shu voqeadan beri bir necha bor gubernator idorasiga borgan. Ammo “Tolibon” vakili ular bilan uchrashishni rad etgan. Ular talab qilgach, o‘rinbosar ayrim ayollar bilan uchrashgan, biroq uchrashuvda ularga yaxshi muomala qilinmagan.

“Yoki hokimiyat tartib-qoidalariga bo‘ysunasiz, yoki do‘koningizni yig‘ib uyda o‘tiravering”, degan “Tolibon” rasmiylari ayollarga.

Kiritildi: 13:28 15.11.2025. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!