Afg‘oniston hukumati mamlakatning turli mintaqalarida umumiy quvvati 261 megavatt bo‘lgan elektr stansiyalari (shamol, quyosh, gaz) qurilishi boshlanganini e’lon qildi, deb yozadi TOLONEWS.
Hukumat energetika loyihalariga kiritilgan sarmoya hajmini 23,7 milliard afg‘on (334 million dollar) deb baholamoqda.
“Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) davlat energetika kompaniyasi bosh direktori Abdul Bari Umar ham yaqin kelajakda mamlakatning 70-80 tumanlarida elektr energiyasi loyihalari bo‘yicha tenderlar o‘tkazilishini ma’lum qildi.
ℹ️ Afg‘oniston hozirda 2500 dan 3000 megavattgacha elektr energiyasiga muhtoj. Vaholanki, elektr energiyasining atigi 25 foizi Afg‘oniston elektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi, 75 foizi 🇺🇿O‘zbekiston, 🇹🇲Turkmaniston va 🇮🇷Erondan import qilinadi.
➡️ Shuningdek o‘qing: Qirg‘iziston Afg‘onistonga elektr energiyasini bir kVt/soat uchun 0,08 dollardan, Pokistonga 0,09 dollardan sotishni rejalashtirmoqda .
➡️ Qozog‘iston Afg‘onistonda temir yo‘l qurishga qadam qo‘ydi