Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Adilbek Qosimaliyev Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlandi

Adilbek Qosimaliyev Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlandi

Adilbek Qosimaliyev Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi etib tayinlandi.

Qirg‘iziston prezidenti farmoniga ko‘ra, Konstitusiyaning 70-moddasi 1-qismi 2-bandiga muvofiq, Adilbek Aleshovich Qosimaliyev Vazirlar Mahkamasi rahbari — Prezident Administrasiyasi rahbari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, u avval Akilbek Japarovning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Adilbek Qosimaliyev 1960 yil 1 dekabrda Issiqko‘l viloyati, Tup tumani Dolon qishlog‘ida tug‘ilgan. 1984 yilda Leningrad moliya-iqtisodiyot institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2015-2018 yillarda Qirg‘iziston moliya vaziri bo‘lgan. 2021-2022 yillarda - Prezident Administrasiyasi rahbari o‘rinbosari.

2022 yil iyun oyida u Vazirlar Mahkamasi rahbarining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

Kiritildi: 19:22 18.12.2024. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!