Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Adham Ikromov: “O‘zLiDeP yetakchi partiya bo‘lib qolishini istasak, aniq amaliy ishlarga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz kerak”

Adham Ikromov: “O‘zLiDeP yetakchi partiya bo‘lib qolishini istasak, aniq amaliy ishlarga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz kerak”

So‘zga chiqqan partiyadoshlarimizdan biri keyingi yillarda yuz berayotgan beqiyos yangilanishlar xususida gapirib, “Prezidentimizning dovyurak siyosati tufayli” degan jumlani ham tilga oldi.

Darhaqiqat, yurtboshimizning shijoati, qat’iyati va jur’ati sharofati bilan barcha jabhalarda jahon jamoatchiligi e’tirof etayotgan katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kirityapmiz. Jumladan, g‘oyat qisqa muddat ichida mamlakatimizda tadbirkorlar safi ikki barobar ko‘paydi. Ijobiy o‘zgarishlarda partiyamizning ham muayyan hissasi borligi quvonarli. Nima uchun safdoshlarimiz, xayrixohlarimiz kun sayin oshib boryapti?  Fikrimcha, buning asosiy sabablaridan biri shuki, O‘zLiDeP o‘z faoliyatida davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” prinsipiga tayanyapti. Partiya “Tadbirkorlik rivojlanishiga to‘sqinlik qilish – davlat siyosatiga to‘sqinlik qilish deb baholanadi” degan tamoyilga uzluksiz amal qilyapti. Ishbilarmonlik va investision muhitni yaxshilash, xususiy mulk himoyasini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, hududlarni kompleks va mutanosib rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratyapti. Shu bilan birga partiya xalqaro liberal-demokratik harakatning jamiyat va davlat xususiy mulkni himoya qilish tamoyillariga asoslangan mamlakatlardagina taraqqiyot kuzatiladi, degan fikrini qo‘llab-quvvatlayapti. Shuningdek, siyosiy kuch erkin bozor g‘oyalariga asoslangan iqtisodiyot mamlakatni yangilash va modernizasiya qilishga ko‘maklashadi, degan fikrda sobitdir. Eng muhimi, ba’zan qanchalik qiyin bo‘lmasin, O‘zLiDeP o‘z g‘oya va maqsadlarini izchillik bilan hayotga tatbiq qilyapti. Rost, g‘oliblikni qo‘lga kiritish oson emas. Lekin muzaffarlik maqomini saqlab qolish undan-da mushkul. Shu ma’noda O‘zLiDeP yetakchi partiya bo‘lib qolishini istasak, aniq amaliy ishlarga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz kerak.       

Adham IKROMOV,

O‘zbekiston savdo-sanoat

palatasi raisi,  O‘zLiDeP

Siyosiy Kengashi a’zosi

Kiritildi: 12:37 09.11.2019. O'qildi: 1315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!