Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Adam Qodirov Ukrainadagi “maxsus harbiy amaliyot”dagi xizmatlari uchun navbatdagi medal bilan taqdirlandi

Adam Qodirov Ukrainadagi “maxsus harbiy amaliyot”dagi xizmatlari uchun navbatdagi medal bilan taqdirlandi

"Checheniston Respublikasi rahbarining yordamchisi, CHR Xavfsizlik kengashi kotibi... Adam Qodirovni "Harbiy maxsus operasiyaga qo‘shgan hissasi uchun" medali bilan taqdirlangani bilan tabriklayman", — deb yozdi respublika hukumati raisi o‘rinbosari Ahmed Dudayev.

Dudayevning so‘zlariga ko‘ra, Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlar universiteti kuratori sifatida Adam Qodirov ko‘ngillilarni tayyorlash bo‘yicha eng muhim markazlardan birini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda.

Adam Qodirov shu paytgacha 30 dan ortiq mukofot va medallar bilan taqdirlangan. U hozirda Checheniston xavfsizlik kengashi kotibi, xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i va otasining yordamchisi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Ramzan Qodirovning o‘g‘li Ukrainada jang qilayotgan chechen batalyonlariga, Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti va Checheniston Ichki ishlar vazirligiga kuratorlik qiladi.

Kiritildi: Bugun 16:11. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!