Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Achchiq ovqat umrni uzaytiradimi?

Achchiq ovqat umrni uzaytiradimi?

Buni tajriba o‘tkazgan xitoylik olimlar isbotlab berdi.

7 yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan yarim million xitoyliklar kuzatilib borildi. Ko‘ngillilar ikki guruhga bo‘lingan. Birinchi guruhdagilar haftasiga 3 marta achchiq ovqat, ikkinchi guruhdagilar esa achchiq ovqatdan tashqari hamma narsani iste’mol qildi. Natijada birinchi guruhdagi kishilarda o‘lim darajasi ikkinchi guruhga nisbatan 14 foizga past bo‘ldi.

Gap shundaki, qalampir tarkibida maxsus kapsaisin moddasi mavjud. Aynan u qalampirga o‘tkirlikni beradi. Kapsaisin tanadagi quvonch gormoni - endorfin ishlab chiqarishni osonlashtiradi.

Shuningdek, kapsaisin saraton hujayralarini o‘ldiradi. U mitoxondriyalar (yonilg‘i baklari vazifasini bajaradigan organik birikmalar)ni qiynab qo‘yib, haqiqatda saraton hujayralarini energiyadan mahrum qiladi. Sog‘lom hujayralar esa bundan zarar ko‘rmaydi.

Kiritildi: 22:58 13.09.2025. O'qildi: 983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!