Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Abituriyentlarga ertaroq ro‘yxatdan o‘tish tavsiya qilindi

A A A
Abituriyentlarga ertaroq ro‘yxatdan o‘tish tavsiya qilindi


Abituriyentlarga qabulning oxirgi kunini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlari tavsiya qilindi. Ta’kidlanishicha, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda.

Ro‘yxatga olish jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 22 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Vazirlik qabul jarayonlari yakunlanishiga ham kam fursat qolganligi, ayrim abituriyentlar shaxsiy ma’lumotlarini kiritgan bo‘lsa-da, haligacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlamaganligi hamda oldingi yillar bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari kerakligini alohida eslatib o‘tdi.

Shuningdek, chet-tilidan xorijiy sertifikatlarni tekshirish ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda abituriyentlarga qabulning oxirgi kunini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlari tavsiya qilindi.

Kiritildi: 21:07 16.07.2021. O'qildi: 4548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!