2025/2026 o‘quv yili uchun hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Bakalavriat yo‘nalishlari uchun hujjatlar 5 iyundan 25 iyungacha my.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Magistratura uchun hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha magistr.edu.uz saytida onlayn topshiriladi.
O‘qishni ko‘chirish (transfer) uchun arizalar 15 iyuldan 5 avgustgacha transfer.edu.uz orqali qabul qilinadi.
Barcha jarayonlar faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi. Har bir yo‘nalish uchun hujjat topshirish muddati cheklangan — abituriyentlardan belgilangan sanada hujjatlarni topshirish tavsiya etiladi.