Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Abituriyentlar “prava” bilan testga kirsa bo‘ladimi?

A A A
Abituriyentlar “prava”  bilan testga kirsa bo‘ladimi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, abituriyent belgilangan tartibga ko‘ra, imtihonga pasport (ID karta) bilan kelishi lozim.

Shuningdek, abituriyentlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kirishlari mumkin:

Biometrik pasport (yashil rangli);

ID-karta;

Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);

Haydovchilik guvohnomasi yangi shakldagisi bilan;

harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun o‘tmaydi).

Yuqoridagilar O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar hisoblanadi va ularning istalgan biri bilan test sinovlarida ishtirok etish mumkin. Faqat hujjat bilan birga abituriyent ruxsatnomasi ham olinishi kerak.

Kiritildi: 14:53 04.08.2023. O'qildi: 1895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!