Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Abdusattorov Toshkentdagi musobaqada qancha pul ishlab topgani ma’lum bo‘ldi

Abdusattorov Toshkentdagi musobaqada qancha pul ishlab topgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 50 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi Rustam Qosimjonov kubogi yakunlandi.

Xabar berilganidek, musobaqada O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov 6,5 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu bilan bir qatorda u 12 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga ega chiqdi.

Ikkinchi o‘rin egasi Javohir Sindarov (6 ochko) 8 000, uchinchi o‘rindagi eronlik taniqli grossmeyster Parham Maqsoodloo 6 000 AQSh dollari sohibiga aylandi.

O‘zbekistonning taniqli shaxmat ustasi Rustam Qosimjonov esa Parham Maqsoodloo singari 5,5 ochko to‘pladi, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 4-o‘rinda joylashdi.

Ma’lumot uchun Nodirbek so‘nggi bor Superbet Chess Classic Romania turnirida ko‘rinish bergan edi. Ushbu turnirda O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi yakunda 9-o‘rinni egalladi hamda tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan 14500 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi.

Sindorov O‘zbekistonda o‘tkazilgan Uzchess Cup turnirida qatnashdi. Musobaqani 5-o‘rinda yakunlagan yosh shaxmatchi 10 ming AQSh dollariga ega chiqdi.

Kiritildi: 14:58 10.07.2024. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!