Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Abduqodir Husanovning “Kristal Pelas”ga qarshi muhim o‘yindagi harakatlari qanday baholandi?

Abduqodir Husanovning “Kristal Pelas”ga qarshi muhim o‘yindagi harakatlari qanday baholandi?

Angliya Premyer Ligasining 31-turi doirasidagi qoldirilgan uchrashuvda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qildi. Bellashuv 3:0 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu bahsda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “shaharliklar” asosiy tarkibida maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Husanov o‘yin davomida 112 marta to‘p bilan muomala qildi. Himoyachi jami 98 ta uzatmaning 94 tasini aniq amalga oshirdi (94 foiz aniqlik). Shuningdek, o‘zbekistonlik himoyachi 3 marta uzoq masofaga uzatma berdi va uni aniq ijro etdi. Sofascore portali Abduqodirning harakatlarini 7,3 ball bilan baholadi.

Abduqodir Husanovning himoyadagi ko‘rsatkichlari:

Himoyaviy harakatlar: 4 ta;
Tozalashlar: 2 marta;
Havodagi kurashlar: 1 ta (muvaffaqiyatli);
To‘pni qaytarib olish: 2 marta;
Xavfli vaziyatni bartaraf etish: 2 marta

“Manchester Siti” safida ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan Fil Foden uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Sofascore tomonidan angliyalik futbolchining harakatlari 9,0 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, “shaharliklar”ning uchinchi golini kiritgan Savinyo – 7,7 ball, ikkinchi gol muallifi Omar Marmush va darvozabon Janluiji Donnarumma – 7,3 ball, himoyada ishonchli o‘yin namoyish etgan Mark Gexi esa 7,9 ball oldi.

Abduqodir Husanovning “Kristal Pelas”ga qarshi muhim o‘yindagi harakatlari qanday baholandi?

Ushbu natijadan so‘ng APL chempionligi uchun kurashayotgan “Manchester Siti” turnir jadvalida 77 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Ayni damda Xosep Gvardiola shogirdlari va musobaqa peshqadami — Londonning “Arsenal” klubi o‘rtasidagi farq 2 ochkoni tashkil qilmoqda.

“Shaharliklar” APL doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 19 may kuni safarda “Bornmut”ga qarshi o‘tkazsa, “Arsenal” xuddi shu kuni “Byornli”ni qabul qiladi.

Kiritildi: Bugun 09:04. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!