Abduqodir Husanovning agenti G‘ayrat Hasbiullin "Manchester Siti" himoyachisi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosiga "Lans"ga o‘tishidan avval qaysi Rossiya klublari qiziqqani haqida gapirib berdi.
— Bahorda Yuriy Syomin bilan suhbatlashganimda, u sobiq SSSR hududidan yetishib chiqqan bunday iqtidorni rossiyalik skautlar qanday qilib payqamay qolganidan hayratda edi.
— Ular payqashgan, shunchaki Qodirning o‘zi Rossiya Premyer-ligasini tanlamagan. "Sochi"dan tashqari — bu haqda aniq bilaman — uni yana "Alaniya" ham istagan, o‘sha paytdagi sport direktori Timur Demurov uni olib kelmoqchi bo‘lgan. U o‘zbekistonlik ko‘plab futbolchilarni topgan.
— Ammo ular Husanovni u minskning "Energetik-BGU" klubida o‘ynayotgan paytda istashgan. O‘zbekistonda emas.
— U paytda uni hech kim bilmasdi. U 17 yoshida Belarusga ketgan, hatto "Bunyodkor"ning o‘rinbosarlar tarkibida ham o‘ynamagandi. U boshidan Yevropani orzu qilgan.
Menimcha, agar o‘sha paytda biror Rossiya klubi uni istaganda ham, Qodir yo‘q deb javob berardi. O‘zbekistonlik yosh o‘yinchilar hozir Rossiya chempionatiga intilmayapti — bunga izolyasiya ham sabab bo‘lmoqda. Yuksak maqsadlarni ko‘zlaganlar darhol Yevropaga ketishga harakat qiladi, – dedi G‘ayrat Hasbiullin.