BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi prezidenti Abdulla Shahid rasmiy tashrif bilan Gruziyaga keladi.
BMT Bosh Assambleyasi prezidenti Gruziyaning yuqori mansabdor shaxslari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Kaxeti viloyatining iqtisodiy va turizm salohiyati bilan tanishadi, deb xabar beradi Gruziya TIV.
Abdulla Shahidning Gruziyaga tashrifi sanasi hali ma’lum qilinmagan.