2018-yilning 14-17-sentyabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV rasmiy sayti xabar bermoqda.
2018-yilning 14-17-sentyabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unda O‘zbekiston, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Xitoyning vakolatli vakillari 2018-yil oktyabr oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlar) kengashining bo‘lajak majlisiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda tashkilot joriy kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Manba: azon.uz