Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Abdulla Aripov mamlakatimiz kino ijodkorlari bilan uchrashdi

Abdulla Aripov mamlakatimiz kino ijodkorlari bilan uchrashdi

Joriy yil aprel oyida bir guruh kinoijodkorlar sohadagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovga murojaat qilgan edi.

Murojaatda ko‘tarilgan masalalarni atroflicha muhokama qilish va bamaslahat hal etish maqsadida O‘zbekiston Bosh vaziri mamlakatimiz kino mutaxassislari bilan uchrashdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan qator kinoijodkorlar ijodiy faoliyati davomida duch kelayotgan ayrim muammolarni hal etish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Xususan, keyingi vaqtlarda g‘oya va saviya jihatdan sayoz film va seriallar nisbatan ko‘paydi, ularda adabiy til qoidalariga aytarli rioya qilinmayotir, kinoteatrlar sust faoliyat yuritmoqda, dublyaj san’ati rivojiga e’tibor yo‘qolgan, multiplikasion va animasion filmlar yaratish talab darajasida emas, yaratilgan filmlarning targ‘iboti aytarli yo‘lga qo‘yilmagan. Shu singari kamchiliklar soha rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan davra suhbatida bildirilgan takliflarni amalga oshirish, sohadagi ba’zi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish uchun barcha kinoijodkorlar bir yoqadan bosh chiqarib, bamaslahat ishlashi lozimligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati

Kiritildi: 16:11 29.10.2020. O'qildi: 1870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!