Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Abbosbek Fayzullayev Eldor Shomurodovning yangi jamoadoshi bo‘ladi

Abbosbek Fayzullayev Eldor Shomurodovning yangi jamoadoshi bo‘ladi

Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubi Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Osman Altunterim ma’lum qildi.

Jurnalistning ma’lum qilishicha, turk klubi "harbiylar" bilan 21 yoshli futbolchining transferini yetti million yevroga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev 2023 yilning yozidan buyon Moskva jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. SSKAga u "Paxtakor"dan o‘tgan.

Kiritildi: 15:43 16.07.2025. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!