Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Abbosbek Fayzullayev «Bashakshehir» safida ikki tomonlama o‘yinda ishtirok etdi

Abbosbek Fayzullayev «Bashakshehir» safida ikki tomonlama o‘yinda ishtirok etdi

O‘zbekiston terma jamoasiga chaqirilmagan yarimhimoyachi Abbosbek Fayzullayev Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi safida ikki tomonlama o‘tkazilgan o‘yinda ishtirok etdi.

Bundan avval milliy jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro futbolchi nega terma jamoaga taklif etilmagani haqida izoh bergan edi — u hali to‘liq sog‘ayib, tiklanib ulgurmagan.

«Uning yo‘qligiga yagona sabab — u hali 100% tiklanmagan. O‘ylaymanki, mart oyidagi yig‘ingacha qaytib keladi. Men Abbos bilan doimiy aloqadaman. Har bir futbolchi bilan gaplashib turaman, ularning holati va kayfiyati men uchun juda muhim», — dedi Kannavaro.

Avvalroq Fayzullayev tiklanish bosqichida ekani va tez orada O‘zbekiston terma jamoasini kuchaytirishi kutilayotgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 23:12 14.11.2025. O'qildi: 1168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!