Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Abbos: G‘azoning yagona yechimi – Isroil qo‘shinlarining to‘liq chiqarilishi

Abbos: G‘azoning yagona yechimi – Isroil qo‘shinlarining to‘liq chiqarilishi

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos Iordaniya poytaxti Ammanda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashuvda G‘azo sektoridagi vaziyatning yagona yechimini — Isroilning okkupasiya qilingan hududlardan to‘liq chiqishi ekanini ta’kidladi.

Falastinning rasmiy axborot agentligi WAFA xabariga ko‘ra, tomonlar uchrashuvda Falastin hududlaridagi so‘nggi voqealarni, shu jumladan tinch aholiga nisbatan bosqinchilikni muhokama qilgan.

Abbos ta’kidlashicha, zudlik bilan otashni to‘xtatish, barcha isroillik va falastinlik mahbuslarni ozod qilish hamda G‘azoga insonparvarlik yordamini kiritish zarur.

«G‘aza bo‘yicha yagona yechim — Isroilning to‘liq chiqishi. Bu hudud uchun javobgarlikni xalqaro hamjamiyat ko‘magida Falastin davlati o‘z zimmasiga olishi lozim», — dedi Abbos.

U shuningdek, HAMASni rasmiy Falastin ma’muriyatiga qurolni topshirishga va Falastinni ozod etish tashkiloti (FOET)ning xalqaro qonunchilikka muvofiq siyosiy dasturi doirasida harakat qilishga chaqirdi.

G‘azodagi tinchlik muzokaralari

Avvalroq AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroil 60 kunlik otashkesim bo‘yicha Qatar va Misr vositachiligida taqdim etilgan taklifni qabul qilganini ma’lum qilgan edi. HAMAS ushbu tashabbusni ijobiy qabul qilib, kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekanini bildirgan.

Biroq Isroil HAMAS tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlarni qabul qilmaganini e’lon qildi. Shu bilan birga, Isroil delegasiyasi muzokaralarni davom ettirish uchun Qatar poytaxti Doxaga yo‘l oldi.

Manbalarga ko‘ra, ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilgan, ammo asosiy ixtilof — Isroilning Rafah va Xan-Yunusni ajratib turuvchi Moran koridorida hamda G‘azo janubida joylashgan Rafah shahrida harbiy nazoratni saqlab qolishga bo‘lgan talabidir.

Kiritildi: 17:54 14.07.2025. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!