Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Amerika vizasini olish bilan bog‘liq muammolar sabab BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok eta olmaydi.
Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili hamda muzokaralar delegasiyasi a’zosi Ismoil Bag‘oiy Tehronda o‘tgan haftalik matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh tomonidan viza berishdagi muammolar tufayli Aroqchining Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda qatnashishi imkonsiz bo‘lib qolgan.