Erondagi harbiy harakatlar va qon to‘kilishi uchun Amerika Prezidenti Donald Trampning maslahatchilari mas’uldir.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbas Araqchi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.
«Adolatli va teng huquqli kelishuvga erishishning to‘liq imkoni borligini hisobga olsak, Qo‘shma Shtatlar Prezidentiga noto‘g‘ri tavsiyalar berganlar to‘kilgan qon uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlari kerak», — deb ta’kidladi u.
Aragchi Yaqin Sharqdagi keskinlashuv ham Eron, ham Amerika xalqiga majburan tanglanganini alohida qayd etdi.