Majburiy ijro byurosi Amudaryo tumani bo‘limi va Yo‘l patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda yo‘l harakati qoidalarini buzgan fuqaroning jarimalari undirish maqsadida reyd tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Tadbirlarning birida o‘z boshqaruvidagi “COBALT” rusumli avtotransport vositasini boshqarib, yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sababli, jami 37,3 mln. so‘mlik 93 ta ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan fuqaro A.R.ning yashash manziliga borilib, unga tegishli avtotransport vositasi xatlovga olinib, elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotilishi va sotuvdan tushgan pul mablag‘lari davlat byudjetiga o‘tkazilishi haqida tushuntirilgan.
Shundan so‘ng qoidabuzar o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan jami 37,3 mln. so‘mlik 93 ta ma’muriy jarimalarning barchasini shu kunning o‘zida maxalliy bankda to‘lagan.
Hozirda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni undirish ishlari davom etmoqda.