Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

90 gektar yer, 49 yil va 30 000 AQSh dollari: Toshkentda katta firibgarlik fosh bo‘ldi

90 gektar yer, 49 yil va 30 000 AQSh dollari: Toshkentda katta firibgarlik fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.T. fuqaro N.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki O‘rtachirchiq tumani qurilish bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali “Istiqlol” MFY hududidagi 90 gektar yer maydonini auksion orqali 49 yil muddatga foydalanish uchun yutib berish evaziga 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.S. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, Buxoro tumani, “Kulonxona” MFY hududidagi o‘zi noqonuniy foydalanib kelgan zaxiradagi 8 sotix yer maydonini tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:53 20.10.2022. O'qildi: 2390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!