Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

9 yoshli qiz smartfon sabab tok urib o‘ldi

9 yoshli qiz smartfon sabab tok urib o‘ldi

Xanti-Mantiysk avtonom okrugi Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, surgutlik to‘qqiz yoshli qiz qo‘lida smartfoni bilan cho‘milish paytida elektr toki urushi natijasida vafot etdi.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi tokka ulangan gadjetni rozetkadan olish chog‘ida halok bo‘lgan. Bu haqida gazeta.ruga asosan Sof nashri xabar bermoqda.

Mahalliy «Surgut24» telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, qizaloq kasalligi sababli maktabga bormagan. U vannaga kirib ketganidan 40 minut o‘tib opasi uyga kelgan. Bu vaqtda qizaloqning tanasida hayot alomatlari yo‘q edi.

Hozirda tergov-surishtituv ishlari davom etmoqda.

2019 yil 17 sentyabr kuni Rossiyaning yana bir shahrida (Kirovo-Chepesk) 26 yoshli qiz ham vannada smartfon o‘ynayotib halok bo‘lgandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qiz vannada zaryadda turgan smartfonni ishlatgan, smartfon uning qo‘lidan sirg‘anib tushishi oqibatida suvga elektrli sim suvga tushib, qizni tok urib o‘ldirgan.

Kiritildi: 16:02 19.09.2019. O'qildi: 2616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!