BMT Xavfsizlik Kengashi 9 dekabr kuni Ukraina bo‘yicha ochiq yig‘ilish o‘tkazadi.
Bu haqda dekabr oyida BMTga raislik qilayotgan Sloveniyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi matbuot xizmati jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 10:00da (Toshkent vaqti bilan 12:00) boshlanishi rejalashtirilgan. Uchrashuvni Sloveniya milliy maqomida, shuningdek, Daniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Gresiya va Koreya Respublikasi talab qilgan.