Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 9 fevral kunidan kuchga kiradi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,61 so‘mga pasaygan va bir dollar 10 530,83 so‘mni tashkil qilgan.
Evro kursi 110,65 so‘mga tushib, 12 681,23 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl kursi esa 1,91 so‘mga ko‘tarilgan va 1 rubl 141,10 so‘mni tashkil etgan.