Kanadalik paleontologlar tiranozavrning qarindoshi bo‘lgan va bundan 80 million yil avval yashagan dinozavrning yangi turini topdi.
Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.
Khankhuuluu mongoliensis deb nomlangan yangi tur og‘irligi taxminan 770 kg va uzunligi taxminan 4 mga yetishi mumkin bo‘lgan kichik tiranozavrdir.
Qayd etilishicha, 1970 yillarda Mo‘g‘uliston Gobi cho‘lida to‘liq bo‘lmagan ikkita skelet topilgan, biroq ular dinozavrning boshqa turiga tegishli edi. O‘shandan beri, qazilma qoldiqlar 2023 yilgacha o‘rganilmagan. Bu kashfiyot tiranozavr turlarining evolyusiyasi va ularning kech bo‘r davridagi tarqalish naqshlariga yangi oydinlik kiritadi, dedi Kalgari universiteti tabiiy fanlar fakulteti dosenti ABC telekanaliga.