2017 yildan buyon O‘zbekiston energetika sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 8 yil davomida sohaga oid 90 dan ortiq muhim hujjatlar qabul qilindi. Asosiy maqsad – mamlakatimiz energetika sanoatini samarali va zamonaviy sohaga aylantirishdir. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ushbu sohadagi o‘sish dinamikasini o‘rgandi. Natijalar ijobiy.
Ushbu davrda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 34 foizga o‘sib, 81,5 milliard kVt/soatga yetdi. Bunga investisiyalarni jalb qilish va quvvatlarni modernizasiya qilish orqali erishildi.
Elektr stansiyalarining umumiy quvvati 2017 yildagi 14,4 GVt dan 2024 yilda 23,3 GVt gacha oshdi. Faoliyat ko‘rsatayotgan elektr stansiyalari soni esa ikki baravar – 54 tadan (2017) 105 taga (2024) ko‘paydi.
Albatta, bu yetarli emas va hali oldinda turgan vazifalar ko‘p.