Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

+ 7. O‘zbekistonda aholi orasida koronavirusga chalinganlar soni oshdi

+ 7. O‘zbekistonda aholi orasida koronavirusga chalinganlar soni oshdi

2020 yil 28 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3444 (+7) nafarni tashkil etmoqda.

? Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, shu yilning 26 mayida Qozog‘istondan Toshkent viloyatidagi chegara posti orqali kirib kelgan 4 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida tasdiqlangan.

?Ayni paytda yurtimizda 2694 (+26) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. 

❗️Avval xabar qilganimizdek, tuzalganlarning 5 nafari Andijon viloyati, 4 nafari Samarqand viloyati hamda 17 nafari Toshkent shahridan.

?Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 736 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 5 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 23:16 28.05.2020. O'qildi: 4483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!