Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

6 oyda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qariyb 18 mlrd so‘m mukofot to‘landi

A A A
6 oyda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qariyb 18 mlrd so‘m mukofot to‘landi

2025 yilning yanvar-iyun oylarida "Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 54 401 ta murojaat kelib tushgan.

Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Qayl etilishicha, murojaatlarning:

49 015 tasi xarid cheki bermaslik;

1 898 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

126 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

3 362 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha bo‘lgan.

Murojaatlarning 26 155 tasi takroriy bo‘lgani yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’ektida tekshiruv davom etayotgani sababli ko‘rib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 21 702 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,1% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 24 762 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 17,7 mlrd so‘m mukofot to‘langan.

Kiritildi: 23:35 20.07.2025. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!