Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

55 yoshli Kami Rita Everestni 31-marta zabt etdi

55 yoshli Kami Rita Everestni 31-marta zabt etdi

Nepallik sherpa Kami Rita 27 may kuni Everest cho‘qqisiga 31-marta chiqdi. Bu - Everest cho‘qqisiga eng ko‘p ko‘tarilgan odam bo‘yicha jahon rekordidir, deb xabar beradi Reuters.

Kami Rita 55 yoshda. U Nepalning Soluxumbu tumanidagi Tame qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1992 yildan beri alpinizm bo‘yicha gid bo‘lib, 1994 yildan beri Everest cho‘qqisiga chiqish bilan shug‘ullanadi.

Bu vaqt ichida u faqat uch yil toqqa chiqdi. Bu yil Kami Rita eng baland cho‘qqiga ertalab soat 4:00 da ko‘tarilib, Everestning 8848,86 metr balandligiga yetdi. Alpinist Hindiston armiyasining 22 kishidan iborat ekspedisiyasini va 27 nafar sherpadan iborat guruhni boshqargan. Ushbu muvaffaqiyat bilan Kami Rita o‘zining jahon rekordini yangiladi.

Avvalgi rekordchilar orasida Everest cho‘qqisiga 29 marta ko‘tarilgan pasang Dava sherpa ham bor. Shuningdek, britaniyalik alpinist Kenton Kul 19-marta cho‘qqiga chiqqan sherpa bo‘lmagan alpinistlar orasida rekordchi hisoblanadi. Nepal hukumati 2025 yilgi toqqa chiqish mavsumida 468 kishiga Everest cho‘qqisiga chiqish uchun ruxsatnoma berdi. Joriy mavsumda cho‘qqiga 300 dan ortiq kishi chiqqan bo‘lsa-da, afsuski, ikki kishi halok bo‘ldi. Kami Rita ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda o‘z ekspedisiyasi haqida xabarlar joylaydi.

Kiritildi: 22:45 27.05.2025. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!