Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

52 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan avtobusdagi yong‘in ishi sudga oshirildi

A A A
52 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan avtobusdagi yong‘in ishi sudga oshirildi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Samara—Chimkent trassasidagi avtobus yong‘ini to‘g‘risidagi ish sudga oshirildi. Bu haqda Qozog‘iston bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga asoslanib, Sputnik xabar bermoqda.

Yanvar oyida yuz bergan fojia 52 nafar o‘zbekistonlik fuqaroning umriga zomin bo‘lgan edi. Mudhish hodisadan besh kishi, jumladan uch nafar qozog‘istonlik haydovchi omon qolgan edi.

Hodisa yuzasidan besh kishiga, xususan uch nafar haydovchi va «Aziya trans servis» kompaniyasining ikki nafar xodimiga nisbatan ayblov e’lon qilingan.

Kompaniya avtobuslarni reysdan oldin ko‘rikdan o‘tkazish majburiyatini olgan bo‘lgan.

Avtobuslar haydovchilariga nisbatan sud sanksiyasi bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko‘rilgan, kompaniya rahbari va mexanigiga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Avtobus haydovchisi qamoqqa olish ehtiyot chorasi bilan xalqaro qidiruvga berilgan, deyiladi xabarda.

Prokuratura yong‘in avtobus salonida kavshar lampadan foydalanilgani oqibatida kelib chiqqanini ma’lum qilgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 11:48 09.07.2018. O'qildi: 1932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!