Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

500 ming dollarlik omonatni o‘zlashtirgan bank xodimlari fosh etildi

500 ming dollarlik omonatni o‘zlashtirgan bank xodimlari fosh etildi

Toshkentda tijorat bankining mas’ul shaxslari mijozning 500 ming dollar omonat pulini o‘zlashtirdi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining mas’ul shaxslari fuqaro I.M.ning bank omonatiga qo‘ygan 500 ming AQSh dollarini soxta hujjatlar asosida qo‘lga kiritib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Holatga ko‘ra, bank xodimlari omonat mablag‘larini qalbaki hujjatlar orqali rasmiylashtirib, noqonuniy ravishda yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:22. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!