Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

50 mingga yaqin o‘qituvchilar mehnat sharoitlarini yaxshilanishini talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazishdi

50 mingga yaqin o‘qituvchilar mehnat sharoitlarini yaxshilanishini talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazishdi

Avstraliyaning Kvinslend shtatida 50 000 ga yaqin o‘qituvchilar mehnat sharoitlarini yaxshilash talabi bilan 15 yil ichida birinchi marta ish tashlashga chiqdi.

Bu haqda 9News portali xabar berdi.

"48 ming o‘qituvchi ishtirok etgan ish tashlash Kvinslenddagi barcha 1266 ta davlat maktabi va 560 ming o‘quvchini qamrab oldi", — deyiladi maqolada.

Namoyishlar o‘qituvchilar kasaba uyushmasi hukumatning uch yil davomida ish haqini oshirish taklifini rad etib, o‘rniga o‘qituvchilar yetishmasligi muammosini hal etish va ish joyida xavfsizlikni yaxshilashni talab qilganidan keyin boshlangan.

Muammoni hal qilish uchun kasaba uyushmasi va vazirlar mahkamasi vakillari Kvinslend sanoat aloqalari komissiyasida muzokaralar olib boradi.

Kiritildi: 08:30 07.08.2025. O'qildi: 1418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!