Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

50 ming nafar noqonuniy muhojir Britaniyaga La-Mansh orqali yetib kelishi mumkin

50 ming nafar noqonuniy muhojir Britaniyaga La-Mansh orqali yetib kelishi mumkin

2025 yilda Buyuk Britaniyaga La-Mansh orqali 50 mingga yaqin muhojir kelishi mumkin. Bu haqda Times gazetasi yozmoqda.

"Britaniya joriy yilda 50 minggacha migrant chegarani kesib o‘tishini kutmoqda", — deb yozadi gazeta.

Qayd etilishicha, shanba kuni Britaniyaga deyarli 1200 nafar muhojir qayiqda yetib kelganidan so‘ng, bu yil kelganlarning umumiy soni 14811 nafarga yetgan, bu yilning dastlabki besh oyi davomidagi rekord va 2024 yilning shu davriga nisbatan 42 foizga ko‘pdir.

Britaniya chegara xizmati Timesning hisob-kitoblariga qo‘shilmagan va gazetaga yil yakuni ko‘rsatkichi pastroq bo‘lishini aytgan.

Kiritildi: 09:39 02.06.2025. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!