Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

5 oktyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘adi

5 oktyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘adi

O‘zgidromet 5 oktyabr, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Respublika bo‘yicha harorat pasayib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li joylarda esa yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esadigan shamol tezligi sekundiga 3-8 metrni tashkil etadi. Harorat kechasi 9-11 daraja, kunduzi 17-19 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan, asosan quruq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi harorat 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduz kuni 14-19 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi sekundiga 7-12 metr bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida tungi va ertalabki soatlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo nisbatan iliq saqlanadi va yog‘ingarchilik prognoz qilinmagan. Kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda esa uning kuchayishi kutilmoqda. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda kuchli tus olishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor, baland tog‘larda esa yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Shuningdek, tog‘li hududlarda sel va suv toshqini xavfi saqlanib qoladi. Ayrim joylarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Bu hududlarda harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:39. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!